EkoJamiyatEkoJamiyat
Loyihalarga qaytish
RejalashtirilganDaraxt ekish

10 000 daraxt challenge

2027-yil fevral–mart oylarida butun O'zbekiston bo'ylab 10 000 ta daraxt ekishga qaratilgan milliy miqyosdagi ekologik tashabbus.

10 000 daraxt challenge
Hudud
Butun O'zbekiston bo'ylab
Boshlanish sanasi
1-fevral, 2027
Tugash sanasi
31-mart, 2027

Loyiha haqida

EkoJamiyat 2027-yil fevral va mart oylarida O'zbekistonning turli mintaqalarida 10 000 ta yangi daraxt ekishni maqsad qilgan "10 000 daraxt" tashabbusini boshlamoqda. Loyiha mamlakatimizdagi ko'kalamzorlashtirish harakatini xalqaro miqyosda tanitish, mahalliy hokimiyatlar, ekologik tashkilotlar va ko'ngillilarni bitta katta maqsad atrofida birlashtirish uchun mo'ljallangan. Har bir ekilgan daraxt — changni kamaytirish, mikroiqlimni yaxshilash va kelajak avlodlar uchun yashilroq muhit qoldirishga qo'shilgan hissa. Siz xayriya qilib yoki volontyor sifatida bevosita ekish ishlarida qatnashib, ushbu tashabbusning bir qismiga aylanishingiz mumkin.

Maqsad va progress
0 / 10 000 daraxt0%
Loyihani moliyaviy qo'llab-quvvatlang

Tez orada shu sahifadan to'g'ridan-to'g'ri onlayn xayriya qilish imkoniyati qo'shiladi. Hozircha volontyor sifatida qo'shilishingiz yoki biz bilan bog'lanishingiz mumkin.

Ushbu loyihaga qo'shilmoqchimisiz?

Volontyor sifatida ro'yxatdan o'ting — tashkilotchilar siz bilan bog'lanishadi.

Volontyor bo'lish